Kunduzgi ta'lim yo'nalishlari
Bizning ta'lim markazida mehnat bozorida eng talabgir kasblar bo'yicha zamonaviy kurslar mavjud. Har bir yo'nalish amaliy mashg'ulotlar va real loyihalar asosida tashkil etilgan bo'lib, bitiruvchilarimiz ishga tayyor holda chiqadi.
Tikuvchilik
2 YIL
Ayollar, Erkaklar, Bolalar kiyimi tikuvchisi
Tikuvchilikning asosiy va amaliy usullarini o'rganasiz. Matolarni tanlash, o'lchov olish, bichish va tikish jarayonlarini bosqichma-bosqich egallaysiz. Kurs davomida kundalik kiyimlar va buyurtma asosidagi mahsulotlar tayyorlash bo'yicha real amaliyot olib boriladi.
Tikuv mahsulotlari dizayneri
2 YIL
Tikuvchilik va dizayn
Tikuv mahsulotlarini loyihalash va dizaynerlash jarayonlarini o'rganasiz. Kiyim modellari yaratish, eskiz chizish, material tanlash va dizaynni amaliy tikuv jarayoniga moslashtirish bo'yicha ko'nikmalar hosil qilasiz. Shuningdek, zamonaviy moda tendensiyalarini tahlil qilish, buyurtmachilar talablari asosida individual dizayn ishlash.
Bank ishi nazoratchisi
2 YIL
Bank nazoratchisi-Kassir
Bank operatsiyalarini nazorat qilish, moliyaviy hujjatlar bilan ishlash va ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini tekshirish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni egallaysiz. Shuningdek, hisob-kitoblarni tahlil qilish, moliyaviy xavflarni aniqlash hamda bank faoliyatida shaffoflik va aniqlikni ta'minlash usullari bilan tanishasiz.
Kompyuter grafikasi va dizayn
2 YIL
Grafik dizayn va 3D modellashtirish
Photoshop va Blender dasturlaridan foydalangan holda vizual dizayn va 3D modellar yaratishni o'rganasiz. Logotiplar, bannerlar, reklama materiallari hamda 3D obyektlar bilan ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalar hosil qilasiz.
Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
2 YIL
Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi-Web kontent administratori
Zamonaviy veb-saytlar yaratish bo'yicha to'liq kurs. HTML, CSS, JavaScript, Bootstrap va boshqa texnologiyalarni chuqur o'rganasiz. Real loyihalar ustida ishlaymiz.
Elektromontyor-sozlovchi
2 YIL
Elektromontyor
Elektr tarmoqlari va uskunalarini o'rnatish, ulash, sozlash va qayta ta'mirlash bo'yicha amaliy bilimlarga ega bo'lasiz. Shuningdek, elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish kabi ko'nikmalari shakllantiriladi.
Avtomobil divigatellarini tashxislash va ta'mirlash
2 YIL
Avtomobil chilangari
Avtomobil dvigatellarining ishlash prinsiplarini, nosozliklarni aniqlash va ularni ta'mirlash jarayonlarini o'rganasiz. Dvigatel tizimlari, yoqilg'i va sovitish tizimlari bilan ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalar hosil qilasiz.
Payvandchi
2 YIL
Payvandlash ishlari
Payvandlash ishlarining asosiy usullari va texnologiyalarini o'rganasiz. Metall konstruksiyalarni payvandlash, biriktirish va mustahkamlash bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lasiz. Kurs davomida xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda real amaliy mashg'ulotlar olib boriladi.
Oshpazlik
2 YIL
Oshpaz-Qandolatchi
Ovqat tayyorlashning asosiy texnologiyalari, mahsulotlarni to'g'ri tanlash va ishlov berish usullarini o'rganasiz. Milliy va zamonaviy taomlarni tayyorlash, oshxona gigiyenasi hamda sanitariya qoidalariga rioya qilish bo'yicha amaliy ko'nikmalar hosil qilasiz.
Sartarosh
2 YIL
Sartaroshlik san'ati
O'quv jarayonida talabalar real barber uskunalari bilan ishlashni, gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni, yuz tuzilishiga mos soch va soqol shakllarini tanlashni o'rganadilar. Mashg'ulotlar asosan amaliy tarzda, tajribali ustozlar nazoratida olib boriladi.