Tadbir va Yangiliklar
Bizning markazda doimiy ravishda qiziqarli seminarlar, master-klasslar va ochiq darslar o'tkaziladi. Bu tadbirlar sizga yangi bilimlar olish va tajribali mutaxassislar bilan muloqot qilish imkonini beradi.
01.05.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan, Farg‘ona shahar 1-son
texnikumi direktori N.I. Teshaboyeva hamda 15580-harbiy qism komandiri podpolkovnik Jo‘rayev Zokirjon Eliabayevich
tomonidan muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning bilim va saviyasini oshirish maqsadida o‘zaro
hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hamkorlik doirasida Farg‘ona shahar 1-son texnikumi o‘qituvchilari tomonidan harbiy xizmatchilarni kasbga
o‘rgatish rejalashtirildi. Jumladan, oshpazlik, tadbirkorlik hamda ingliz tili yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar
o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur tashabbus yoshlarning kelajakda mustahkam kasb egasi bo‘lishi, ularning bandligini ta’minlash hamda
jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
📍Farg‘ona shahar 1-son texnikumida viloyat prokuraturasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari
ishtirokida “Yoshlar bilan uchrashuv” doirasida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi 📌
📍Yoshlarni huquqbuzarliklardan himoya qilish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish va zamonaviy axborot xurujlaridan
saqlanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi 📌
Sog‘lomlashtirish kuni — sport va faollik bayrami! 💪
7-aprel kuni Farg‘ona 1-son texnikumida Sog‘lomlashtirish kuni munosabati bilan turli sport musobaqalari tashkil etildi🎉
🏃 Kross yugurish
🏅 Yengil atletika
🏓 Stol tennisi
♟ Shaxmat
💪 Turnikka tortilish
🏋️ Tosh ko‘tarish
🏐 Voleybol
Mazkur sport tadbirlarida nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar ham faol ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan
qiziqishlari va faolliklarini namoyon etdilar 👏🔥
Bunday tadbirlar yoshlar va ustozlar o‘rtasida jamoaviylikni mustahkamlab, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi 🤝
📅 10.03.2026
🏫 Bugun Farg‘ona viloyati hokimligi hamda Kasbiy ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan Farg‘ona shahar 1-son texnikumida
🇺🇿🇷🇺 O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida Rossiyaning “Sinergiya” kolleji bilan xalqaro ta’lim dasturi yo‘lga
qo‘yildi.
💻 Dastur doirasida IT yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar 2 tomonlama diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📚 Ta’lim jarayonlari to‘liq Rossiya ta’lim dasturi asosida olib boriladi. Bu esa o‘quvchilarga xalqaro standartlarga
mos bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.
🤝 Shuningdek, loyiha doirasida Farg‘ona viloyati “Uztelekom” korxonasi bilan kelajakdagi hamkorlik masalalari ham
muhokama qilindi.
🎓 Dual ta’lim tizimi asosida o‘quvchilar: • amaliy bilimlarni korxonada o‘rganish • zamonaviy IT ko‘nikmalarini
rivojlantirish • mutaxassislar tomonidan qo‘shimcha darslar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🚀 Ushbu tashabbus yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi va kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat
qiladi
🏫 Bugun Farg‘ona viloyati hokimligi hamda Kasbiy ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan Farg‘ona shahar 1-son texnikumida
🇺🇿🇷🇺 O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida Rossiyaning “Sinergiya” kolleji bilan xalqaro ta’lim dasturi yo‘lga
qo‘yildi.
💻 Dastur doirasida IT yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar 2 tomonlama diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📚 Ta’lim jarayonlari to‘liq Rossiya ta’lim dasturi asosida olib boriladi. Bu esa o‘quvchilarga xalqaro standartlarga
mos bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.
🤝 Shuningdek, loyiha doirasida Farg‘ona viloyati “Uztelekom” korxonasi bilan kelajakdagi hamkorlik masalalari ham
muhokama qilindi.
🎓 Dual ta’lim tizimi asosida o‘quvchilar: • amaliy bilimlarni korxonada o‘rganish • zamonaviy IT ko‘nikmalarini
rivojlantirish • mutaxassislar tomonidan qo‘shimcha darslar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🚀 Ushbu tashabbus yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi va kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat
qiladi
Farg‘ona shahar hokimi shahardagi 1-sonli texnikumga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda kelgusidagi
rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, ta’lim sifati, bandlik,
amaliyot imkoniyatlari, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash kabi dolzarb masalalarda o‘z fikrlarini bildirdilar. Shahar
hokimi tomonidan barcha savollarga batafsil va asosli javoblar berilib, yoshlarning taklif va tashabbuslari
qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Shuningdek, tashrif doirasida texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, laboratoriyalar, amaliy
mashg‘ulotlar jarayoni hamda mavjud infratuzilma yaqindan ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Farg‘ona shahar 1-son texnikumida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga sadoqat va milliy g‘ururni yanada mustahkamlash maqsadida Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari ishtirokida amaliy tadbir tashkil etildi.
Payshanba, 31-yanvar, soat 14:33 da
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘l jangi bo‘yicha maxsus ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Ushbu
chiqishlar yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilib, ularda harbiy sohaga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada
oshirdi.
Bunday tadbirlar yosh avlodni jismonan chiniqtirish, ularni jasorat, mardlik va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
VATANPARVARLIK OYLIGI DOIRASIDA TADBIR
Seshanba, 13-yanvar, soat 09:06 da
Bugun 13.01.2026 yil kuni Farg‘ona shahar 1-son texnikumida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida hamda 14-yanvar — Vatan
himoyachilari kuni munosabati bilan o‘quvchi yoshlar uchun mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Sharqiy harbiy okrugi 52788-harbiy qismi harbiy xizmatchilari tomonidan Faxriy qorovul chiqishlari hamda
ko‘rgazmali qo‘l jangi namoyishlari yig‘ilganlarga taqdim etildi.
Ushbu namoyishlar o‘quvchi yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga qiziqish va vatanparvarlik tuyg‘ularini
yanada mustahkamladi.
• Vatan himoyasi — sharafli burch!
• Yoshlar — yurt kelajagi!
Farg'ona shahar 1-son polotexnikumida o'tkazilgan ochiq eshiklar kuni tadbiri
Juma, 19-dekabr, soat 10:11 da
Farg‘ona shahar 1-son politexnikumida o‘tkazilgan Ochiq eshiklar kuni tadbiri ommaviy axborot vositalari orqali yoritildi. Tadbir davomida texnikum faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari hamda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar keng jamoatchilikka namoyish etildi.
🎨❄️ “Qish tarovati” rassomchilik ko‘rik-tanlovi ❄️🎨
Payshanba, 17-dekabr, soat 11:32 da
📍 Fargʻona shahar 1-sonli politexnikumida.
📅 17.12.25 kuni.
📚 “Maxsus fanlar” kafedrasi fan oyligi doirasida.
🖌️ “Qish tarovati” mavzusida rassomchilik ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
🗳️ Tanlovda g‘olib va sovrindorlar ovoz berish yo‘li orqali aniqlandi.
🏆✨ G‘oliblar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
📢 OCHIQ ESHIKLAR KUNI — KELAJAK KASBINGNI TANLA!
Seshanba, 12-dekabr, soat 13:50 da
Bugun, 16.12.2025 yil kuni Farg‘ona shahar 1-son politexnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Farg‘ona shahridagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchi, kasb-hunarga qiziquvchi o‘quvchi
yoshlari faol ishtirok etdilar. Mehmonlar texnikumda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mavjud ta’lim yo‘nalishlari
hamda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
🎂👗 Tadbir doirasida o‘quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan qandolat mahsulotlari va tikuvchilik yo‘nalishidagi
liboslar ko‘rgazmalari ham tashkil etilib, mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
✨ “Ochiq eshiklar kuni” yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashida muhim ahamiyat kasb etdi.
📍 Farg‘ona shahar 1-son politexnikumi — bilim, kasb va muvaffaqiyat sari ishonchli qadam!
📅 Bugun, 5-dekabr, 2025 yil
Juma, 5-dekabr, soat 18:44 da
Farg'ona shahar 1-son politexnikumida 8-dekabr – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi munosabati bilan "Konstitutsiya - hayotimiz qomusi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatan haqida she’rlar o‘qildi.
📜 Shuningdek, o‘quvchilar Konstitutsiyamiz moddalarini aytib o‘tishdi.
🗣 Millat va elatlar mavzusida chiqishlar ham qilindi. Tadbir yakunida esa o‘quvchilar ijrosida kuy qo'shiqlar ijro etildi.
➡️ Shuningdek, Konstitutsiya bo‘yicha savol-javobla ham òtkazildi.