Dual ta'lim yo'nalishlari
Bizning ta'lim markazida mehnat bozorida eng talabgir kasblar bo'yicha zamonaviy kurslar mavjud. Har bir yo'nalish amaliy mashg'ulotlar va real loyihalar asosida tashkil etilgan bo'lib, bitiruvchilarimiz ishga tayyor holda chiqadi.
Tikuvchilik
Dual
Ayollar, Erkaklar, Bolalar kiyimi tikuvchisi
Tikuvchilikning asosiy va amaliy usullarini o‘rganasiz. Matolarni tanlash, o‘lchov olish, bichish va tikish jarayonlarini bosqichma-bosqich egallaysiz. Kurs davomida kundalik kiyimlar va buyurtma asosidagi mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha real amaliyot olib boriladi.
Avtomobil divigatellarini tashxislash va ta'mirlash
Dual
Avtomobil chilangari
Avtomobil dvigatellarining ishlash prinsiplarini, nosozliklarni
aniqlash va ularni ta’mirlash
jarayonlarini o‘rganasiz. Dvigatel tizimlari,
yoqilg‘i va sovitish tizimlari bilan
ishlash
bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil
qilasiz.
Buxgalteriya-audit
Dual
Bank nazoratchisi-Kassir
Bank operatsiyalarini nazorat qilish, moliyaviy hujjatlar bilan ishlash va ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini tekshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallaysiz. Shuningdek, hisob-kitoblarni tahlil qilish, moliyaviy xavflarni aniqlash hamda bank faoliyatida shaffoflik va aniqlikni ta’minlash usullari bilan tanishasiz.
Kompyuter injiniringi
Dual
Grafik dizayn va 3D modellashtirish
Photoshop va Blender dasturlaridan foydalangan holda vizual dizayn va 3D modellar yaratishni o‘rganasiz. Logotiplar, bannerlar, reklama materiallari hamda 3D obyektlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilasiz.
Elektrstansiyalari va tarmoqlari
Dual
Elektromontyor
Elektr tarmoqlari va uskunalarini o‘rnatish, ulash, sozlash va
qayta ta'mirlash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo'lasiz. Shuningdek, elektr
xavfsizligi
qoidalariga rioya qilish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish kabi ko‘nikmalari
shakllantiriladi.